Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton nomini oldi

Rasman: Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton nomini oldi

Foto:«Zakon.kz»

Qozog‘istonning prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat poytaxtini birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga nomlash taklifini bergan, deputatlar ham uni ma’qullagan edi.

Qosim-Jomart To‘qayev bugun poytaxt Ostona shahrini Nur-Sulton deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan.  Farmon Oq O‘rda rasmiy saytida keltirilgan. 

«Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahri — Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Nur-Sulton deya qayta nomlansin», — deyiladi farmonda.

Qozog‘iston poytaxtidagi Navro‘z bayrami tantanalari nishonlanadigan maydonda Ostona shahri nomini Nursulton deb o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlovchilar va unga qarshilar o‘rtasida mushtlashuv ham sodir bo‘lgan, politsiya 20ga yaqin kishini qo‘lga olgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring