Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman! Krishtianu Ronaldu — «Yuventus» futbolchisi!

Rasman! Krishtianu Ronaldu — «Yuventus» futbolchisi!

Foto: Marco Bertorello/AFP/Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchi Krishtianu Ronalduning «Yuventus»ga transferini tasdiqladi. Bu haqda «Gvardian» nashri xabar berdi.

Transfer miqdori 100 million yevroga baholandi. Endi u haftasiga 500 ming funt maosh oladi.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli portugaliyalik futbolchi «Real» klubi «Manchester Yunayted»dan 2009 yili o‘tgan edi. O‘shanda Madrid klubi futbolchi uchun 93 million yevrodan voz kechishgan.

Ispan klubi bilan Ronaldu birgalikda 13 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. 4 marotaba YeChL sohibi, 2 marotaba Ispaniya chempionati, 2 marotaba Ispaniya kubogi, ikki marotaba Ispaniya Superkubogi, 2 marotaba UYeFA Superkubogi va 3 ta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida zafar quchgan.

Umumiy hisobda Ronaldu «Real» safida 438 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lib 451 ta to‘p kiritgan. Undan ko‘p ushbu klub safida hech kim gol urmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring