Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ramzon Qodirov yangi ishga o‘tish ehtimoli haqida nimalar dedi?

Ramzon Qodirov yangi ishga o‘tish ehtimoli haqida nimalar dedi?

Foto: «M.ura.news»

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov lavozimini tark etib, federal rasmiy ishga o‘tishni rejalashtirmayotganini ma’lum qildi. Bu bilan Kavkaz siyosatchisi lavozimi ko‘tarilishi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi. Bu haqda «Rambler» xabar berdi.

«RT Arabic» telekanaliga berayotgan intervyusida Qodirovning federal rasmiy lavozimga ko‘tarilishi haqida savol yo‘llandi. Checheniston yetakchisi jurnalistning savoliga javob berar ekan, faqat Rossiya prezidenti Vladimir Putin buyrug‘iga binoan vakolatini topshirib, yangi lavozimga o‘tishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Mening orzuim Chechenistonning birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Axmat-Hoji Qodirov va Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish. Bu aholi farovonligini ta’minlashdir, — deya uning so‘zlarini keltiradi «Kavkazskiy uzel» portali.

Ramzan Qodirov Chechenistonni 2007 yilning martidan beri boshqarib kelmoqda. Siyosatchi agar buni prezident Putin talab qilsa, o‘z lavozimini tark etishini bir necha marta aytgan. Joriy yil may oyida Qodirovning mansabi ko‘tarilishi haqida aytilgandi: o‘shanda uning bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga o‘tishi haqida gap-so‘zlar tarqalgandi. Siyosatchi bu mish-mishlarni inkor etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring