Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘iston orqali o‘tiladigan Bishkek-Toshkent avtobus qatnovi to‘xtatildi

Qozog‘iston orqali o‘tiladigan Bishkek-Toshkent avtobus qatnovi to‘xtatildi

Foto: «Sputnik»

Qozog‘iston hududi bo‘ylab Bishkek-Toshkent avtobus qatnovi vaqtincha to‘xtatildi, hozirgi vaqtda bu muammo hal qilinmoqda, deb xabar berdi «Sputnik».

«Harakat batamom to‘xtatilgani yo‘q. Bu vaqtinchalik holat, biz jiddiy kamchiliklarni ko‘rmayapmiz», — degan «O‘zavtotrans» vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil oxirida Qozog‘iston tomoni ushbu yo‘nalishda avtobuslar qatnoviga o‘zgartirishlar kiritishni so‘ragandi.

«Harakat jadvali yaqin vaqtda hal qilishiniga ishonchim komil», — deb qo‘shimcha qilgan «O‘zavtotrans».

Bishkek-Toshkent xalqaro avtobus qatnovi o‘tgan yilning aprel oyida Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ochilgandi.

Bu tranzit qatnov qo‘shni Qozog‘iston hududi orqali o‘tadi. Qatnov Qirg‘iziston va O‘zbekiston ikki yirik transport kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring