Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston parlamenti Majilisi olti partiyali bo‘ladi

Qozog‘iston parlamenti Majilisi olti partiyali bo‘ladi

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovi natijalarini e’lon qildi.

Bugun, 27-mart kuni Qozog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining joriy yil 19-martda bo‘lib o‘tgan mamlakat parlamenti Majilisi deputatlari navbatdan tashqari saylovi natijalarini belgilash bo‘yicha majlisi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Qozog‘iston MSK saylov natijalarini e’lon qildi.

Saylovning rasmiy natijalariga ko‘ra, saylovchilarning ovozlari va parlamentdagi mandatlar partiyalar o‘rtasida quyidagicha taqsimlangan:

  • Amanat – 53,9 foiz (3 431 510 ovoz), 40 mandat;
  • «Ovul» – 10,9 foiz (693 938 ovoz), 8 mandat;
  • Respublika – 8,59 foiz (547 154 ovoz), 6 mandat;
  • «Oq yo‘l» – 8,41 foiz (535 139 ovoz), 6 mandat;
  • «Qozog‘iston xalq partiyasi» - 6,8 foiz (432 920 ovoz), 5 mandat;
  • «Milliy sotsial-demokratik partiyasi» - 5,2 foiz (331 058 ovoz), 4 mandat;
  • «Baytak» – 2,3 foiz (146 431 ovoz) – yetarli ovoz to‘planmagan.

Saylovning rasmiy natijalariga ko‘ra, endilikda Qozog‘iston Majilisi olti partiyali bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring