Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda birinchi «ko‘cha kutubxonasi» ochildi

Qoraqalpog‘istonda birinchi «ko‘cha kutubxonasi» ochildi

Nukus tumani hokimi va Yoshlar ittifoqi Nukus tumani kengashi tashabbusi bilan tumanda «ko‘cha kutubxonasi» ochildi.

Kutubxonada hozirda 80 ga yaqin kitoblar jamlanmasi bor. O‘quvchilar shu kitoblar orasidan o‘zlariga yoqqan kitoblarni o‘qib yana joyiga qo‘yib ketishadi. Agar kimdir kitoblar sonini ko‘paytirishga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsa, shu yerga qo‘yib ketishi ham mumkin.

Ma’lumot o‘rnida bu kutubxonada Qoraqalpog‘istondagi birinchi «ko‘cha kutubxonasi»dir.  Kitoblar mutlaqo bepul. Kutubxonaga hech qanday qulf o‘rnatilmagan va qorovul ham yo‘q, lekin kitobxonlarga bitta shart bor: olgan kitobni o‘qib bo‘lib albatta yana kutubxonaga qo‘yib ketishlari kerak.

Shuhrat Saidahmadov

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring