Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qonuniy hujjat maktab direktorlari uchun asos emasmi?

Qonuniy hujjat maktab direktorlari uchun asos emasmi?

Foto: highlandradio.com

Toshkentda birinchi sinfga bola olishni istamagan maktab direktori ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi bosh maslahatchisi E. Xolmaxmatov Xabar.uz’ga ma’lumot berib o‘tdi.

Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazining yo‘llanmasi asosida farzandini tumandagi davlat maktab muassasasiga joylashtira olmasdan Facebook.com ijtimoiy tarmog‘i orqali ota-ona tomonidan qilingan murojaat asosida Davlat xizmatlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. Natijada maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 2155-moddasi asosida ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirildi.

Ushbu ish sudda ko‘rilishi so‘ralgani sababli tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgan. Sud tomonidan joriy yilning 24-iyul kuni maktab direktori N.K. (FISh o‘zgartilgan) aybli deb topib, eng kam oylik ish haqqining bir baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan. Shuningdek, Toshkent shahar halq ta’lim bosh boshqarmasiga yuqoridagi qonun buzilishini bartaraf qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritilib, yo‘llanma asosida davlat maktab muassasasiga qabul qilinmagan bola 1-sinfga qabul qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring