Qizil bayroq va «G‘alaba polki» tufayli Ukrainada kelishmovchilik yuz berdi
Ukrainaning Zaporoje shahrida sovet ramzlari tufayli aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi «RIA Novosti».
Xabar qilinishicha, «G‘alaba polki» qizil bayroqlar bilan miting uyushtirgan. Bir kishi ishtirokchilar qo‘lidagi qizil bayroqni yirtib, uni yerga uloqtirgan. Og‘zaki janjal yuzaga kelgan.
«G‘alaba polki»ning tarafdorlari «Katyusha» va «G‘alaba kuni»ni kuylashgan vaqtda ukrainalik faollar mamlakat madhiyasini ijro etishgan. Ular avtokolonna yo‘lini to‘sishga harakat qilishgan, ammo politsiya vaziyatga aralashgan.
Ukraina milliy politsiyasining bildirishicha, Zaporoje viloyatida huquq-tartibot idoralariga qonunbuzarliklar haqida 19 ta xabar kelib tushgan. Ta’kidlanishicha, ularning aksariyati taqiqlangan ramzlar va karantin qoidalarini buzish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter