Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston prezidenti COVID-19 ni Ikkinchi jahon urushi dahshatlariga qiyosladi

Qirg‘iziston prezidenti COVID-19 ni Ikkinchi jahon urushi dahshatlariga qiyosladi

Qirg‘iziston rasmiylari respublikada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkabligini tan olishmoqda. Bu haqda prezident Sooronbay Jeenbekov bugun, 6 iyul kuni mamlakat xavfsizlik kengashining yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Shunga qaramay, davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, respublikada favqulodda holat joriy etish masalasi hali ko‘rib chiqilmagan.

«Har bir avlod sinovlarga duch keladi. Bizning otalarimiz va bobolarimiz Ikkinchi jahon urushidagi barcha dahshatlarga dosh berishga majbur bo‘ldilar. Bugun biz esa bu ofatga qarshi kurashyapmiz», deya ta’kidladi Jeenbekov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring