Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda keksa ayolning tilla taqinchoqlari va puli ko‘chada talon-toroj qilindi

Qashqadaryoda keksa ayolning tilla taqinchoqlari va puli ko‘chada talon-toroj qilindi

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berishicha, 2020-yilning 18-yanvar kuni taxminan soat 16:45 larda noma’lum shaxslar Shahrisabz tumanining Mehrigiyo ko‘chasida ketayotgan 56 yoshli S.A.ga hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, uning qo‘lidagi sumkani tortib olib, hodisa joyidan yashiringan. Sumka ichida 4.400.000 so‘m naqd pul va 4 turdagi tilla taqinchoqlar bo‘lgan.

Bu holatdan qo‘rqqan S.A. darrov IIBga murojaat qilmagan va biroz vaqt o‘tganidan so‘ng 2020-yilning 25-yanvar kuni Shahrisabz shahar IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 37 yoshli Ch.X. va S.M.lar, 27 yoshli M.M., 25 yoshli S.U. va 24 yoshli A.X.lar sodir qilganliklari aniqlanib, ular jinoyat ishida JKning 166-moddasi 2-qismi «v» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring