Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda «Nexia» harakat vaqtida portlab ketdi. Yo‘lovchi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda «Nexia» harakat vaqtida portlab ketdi. Yo‘lovchi halok bo‘ldi

Foto: IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi

2019-yil 18-mart kuni Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi T.D. o‘zining «Nexia» rusumli avtomashinasini Beglamishsoy qishlog‘i hududida haydab ketayotgan vaqtida avtomashina yukxonasiga o‘rnatilgan 100 litr sig‘imli gaz balloni portlab ketgan.

Halokat natijada avtomashina haydovchisi va uning yo‘lovchisi 37 yoshli G‘.B. jarohat olib, kasalxonaga keltirilganida yo‘lovchi vafot etgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

«Hurmatli haydovchilar, agar boshqaruvingizdagi avtomashinaga gaz ballonlari o‘rnatilgan bo‘lsa, ularning texnik soz holda ekanligiga muntazam e’tibor qarating. Chunki, bu siz va yaqinlaringiz bilan yuz berishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalar oldi olinishining kafolatidir», deyiladi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring