Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qahramon Quronboyev endi Yoshlar ittifoqi raisi emas

Qahramon Quronboyev endi Yoshlar ittifoqi raisi emas

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Qahramon Quronboyev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan. Bu haqda prezident bugun farmon imzolagan.

Shuningdek, Quronboyev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ham ketgan.

Endilikda u O‘zbekiston Prezidentining davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qahramon Quronboyev lavozimidan bo‘shagani haqida xabarlar tarqalgandi. Ammo YoI xodimlari bu xabarni asossiz deb atagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring