Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putin: «Bu qilmishimdan hanuz xijolatdaman»

Putin: «Bu qilmishimdan hanuz xijolatdaman»

Foto: «RIA Novosti»

Bugun, 20-iyun kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin an’anaviy to‘g‘ridan-to‘g‘ri telemuloqot o‘tkazdi. «KP» yozishicha, bir qarashda juda sodda tuyulgan savol davlat rahbarini mushkul ahvolga solib qo‘ydi. Savol mazmuni: «Siz ham xijolat chekasizmi?».

«Bu hazil savol emas, millionlab kishilarning ko‘z o‘ngida javob berish osonmas», — dedi Vladimir Putin.

Keyin bir voqeani so‘zlab berdi.

Bu voqea 2000-yillarning boshlarida, kuzda sodir bo‘lgan ekan. O‘sha paytlarda Rossiyada vaziyat unchalik ham yaxshi emas, prezident mamlakat bo‘ylab ko‘p kezardi. Hududlardan biriga tashriflarning birida, kechasi, mashinasiga yaqinlashgan Putinning yonida kutilmaganda bir keksa ayol paydo bo‘ladi. U Putin qarshisida, shundoqqina loy yerga cho‘kkalab, bir parcha qog‘oz uzatadi. Prezident buni albatta ko‘rib chiqishini aytadi, biroq va’dasida turmaydi.

«Qog‘ozni olib, yordamchilarimga uzatdim. Ular esa yo‘qotib qo‘yishibdi. Buni hech esdan chiqarolmayman», — dedi Putin.

«Keyinchalik o‘nlab bunaqa xatlarni o‘qidim, o‘sha xatda nima deyilganini anglagandayman. Balki ayol qamoqdagi o‘g‘li uchun yordam so‘ragandir yoki shunga o‘xshash. Asosiysi bu emas, asosiysi, u (xat) yo‘qotib qo‘yilgan», — dedi prezident Putin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring