Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident yangi farmonga imzo chekdi

Prezident yangi farmonga imzo chekdi

Prezidentning «Tadbirkorlik sub’yektlarining eksport salohiyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjat bilan 2022-yil 1-noyabrdan boshlab:

  • bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 5 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan jarima qo‘llanilmaydi;
  • eksport qiluvchi tashkilotlarga foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish ko‘rinishidagi imtiyozlar tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llaniladi;
  • qovun, kanakunjut, xantal va maxsar urug‘lari eksportiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, eksportchi korxonalarni ochiq tanlov orqali saralab, ularni yetakchi eksportyorlarga aylantirish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti» dasturi amalga oshiriladi.

Dasturga kiritilgan eksportchi korxonalar:

  • eksport va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga oshirganda nol darajali QQS stavkasi qo‘llanilishi natijasida hosil bo‘lgan soliqning oshib ketgan qismi ularning murojaatiga asosan tezlashtirilgan tartibda 7 kun ichida to‘liq qaytarib berilishi;
  • aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun kredit olishida tijorat banklariga eksport shartnomalarini garov ta’minoti sifatida qabul qilish tavsiya etilishi;
  • Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirishi uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda $1 milliondan $5 milliongacha miqdorlarda moliyaviy resurslar ajratilishi;
  • bitta xalqaro standartni joriy qilish va sertifikatni olishi uchun ularga $30 mingdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda moliyaviy yordam taqdim etilishi;
  • biznes jarayonlar, eksport hajmini oshirish va marketing tadqiqotlarini amalga oshirishi uchun xorijiy maslahatchilar jalb qilinishi belgilab qo‘yildi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring