Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident videoselektor o‘tkazmoqda

Prezident videoselektor o‘tkazmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Davlat rahbari ushbu videoselektor yig‘ilishini boshlar ekan, shunday dedi:

«Bugun ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalarni belgilab olishimiz zarur.

Albatta, har bir go‘dak bu yorug‘ dunyoga kelar ekan, unga hamma ota-onasi bag‘rida yayrab o‘ssin, baxtli-saodatli bo‘lsin, deb tilak bildiradi.

Lekin, taqdir taqozosi bilan ularning ayrimlari ota-ona mehridan benasib qoladi. Bunday holatda bu norasida bolalarning aslo aybi yo‘q ekanini barchamiz yaxshi tushunamiz, albatta.

Lekin, bir o‘zimizga savol beraylik, ushbu mehrga muhtoj bolalar g‘amxo‘rlikni to‘liq his qilayaptimi? Afsuski, yo‘q.

Bugun Yunusoboddagi 21-son Mehribonlik uyiga borganimda, na sohaga mas’ul vazirlik, na hudud sektor rahbarlari bu yerdagi muhit va sharoit bilan ishlamagani ayon bo‘ldi. Misol uchun, so‘nggi 10 yilda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalarini uy-joyga muhtoj 1 ming 188 nafar bitiruvchilaridan 610 nafariga yoki 51 foiziga uy-joy ajratilgan.

Mehribonlik uylaridagi ta’lim-tarbiya ishlari ham mutlaqo qoniqarsiz.

Shuningdek, Mehribonlik uylari bitiruvchilarining atigi 1,6 ming nafari yoki 64 foizi ish bilan ta’minlangan. Shu kabi, o‘tgan yili ixtisoslashgan maktablarni bitirgan 1,5 mingdan ziyod nogironligi bor yoshlarning atigi 264 nafari ishga joylashtirilgan».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyini borib ko‘rgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring