Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Prezident qarori qabul qilindi

Prezident qarori qabul qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

«Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5132-son, 31.05.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini ta’minlashning quyidagi tartibi joriy etildi:

  • birinchi bosqich – Prezidenti Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni «Ijro.gov.uz»ga kiritish uchun Adliya vazirligiga yuboradi;
  • ikkinchi bosqich – Adliya vazirligi nazoratga olinadigan topshiriqlarni elektron tizimga kiritadi, mazkur topshiriqlardan kelib chiqqan holda mas’ul ijrochilar va bajarish muddatlarini belgilaydi;
  • uchinchi bosqich – davlat organlari va tashkilotlari, hokimliklar, xo‘jalik birlashmalari qonunchilik hujjatlari va topshiriqlarni to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi va elektron tizimgaga ma’lumotlarni kiritadi;
  • to‘rtinchi bosqich – Adliya vazirligi ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi;
  • beshinchi bosqich – Vazirlar Mahkamasi ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni tasdiqlaydi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi, har oyda Rayosat majlislarida ijro natijadorligini tanqidiy ko‘rib chiqadi va Prezident Administratsiyasiga ma’lumot kiritadi;
  • oltinchi bosqich – Hisob palatasi ijrochilar tomonidan kiritilib, Adliya vazirligi va Hukumat tomonidan tekshirilgan ma’lumotlar to‘liqligi va haqqoniyligini tekshiradi, ularni nazoratdan yechadi yoki mas’ul ijrochiga qayta ishlashga jo‘natadi;
  • yettinchi bosqich – Prezident Administratsiyasi qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini nazorat qiluvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Qaror bilan ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha yagona va uzluksiz «texnologik zanjir»ni tashkil qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

«Ijro.gov.uz» ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali qonunlar, Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.

Ijro muddati belgilanmagan yoki bir yil va undan ortiq etib belgilangan topshiriqlarning bajarilishi bo‘yicha ma’lumot har olti oyda «Ijro.gov.uz»ga kiritib boriladi.

Topshiriqlar ijro muddatlari faqatgina Adliya vazirligi va zarur hollarda, Hukumat tomonidan ko‘rib chiqilib, Hisob palatasi xulosasi asosida hamda Prezident ruxsati bilan uzaytiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring