Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pochtaga bank xizmatlari ko‘rsatish huquqi beriladi

Pochtaga bank xizmatlari ko‘rsatish huquqi beriladi

Foto: Xabar.uz

«Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori imzolangani haqida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, 2021-yil 1-mayga qadar bank plastik kartalariga pochta aloqasi bo‘limlari orqali to‘liq xizmat ko‘rsatish (kartalarni mablag‘ bilan to‘ldirish, naqd pul yechish, jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish) tizimi joriy etiladi.

2021-yil 1-iyulga qadar pochta tarmoqlari orqali autsorsing asosida tijorat banklari nomidan jismoniy shaxslarga kredit berish to‘g‘risida arizalarni qabul qilish, kreditlarni so‘ndirish bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish, yuridik shaxslar kunlik savdo tushumini qabul qilish kabi bank xizmatlari ko‘rsatishni joriy qilinadi.

Buning uchun 2021-yil 1-martga qadar pochta aloqasining an’anaviy va joriy etilayotgan yangi xizmatlari bo‘yicha malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, o‘quv markazini tashkil qilinadi hamda 2021-yil yakuniga qadar 2 000 ta, 2022-yilda barcha xodimlarning malakasi oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring