Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Pensioner o‘zining o‘lganligi haqidagi xabarni maktub orqali bildi

Pensioner o‘zining o‘lganligi haqidagi xabarni maktub orqali bildi

Foto: «vancouverisawesome.com»

Kanadaning Viktoriya shahrida yashovchi pensioner ayol yetti oy pensiya olmagan. Chunki uni yanglishib o‘ldiga chiqarishgan. Bu haqda «Vancouver is awesome» sayti xabar berdi.

20-aprel kuni 80 yoshli Vilma Uilyams ertalabki maktubni o‘qishga kirishdi. Kanada soliq agentligi unga o‘lganligi haqida maktub yo‘llabdi!!!

Ayol sababini aniqlash uchun agentlikka qo‘ng‘iroq qildi. Tabiiyki, u yerga tushish oson bo‘lmagan. Negaki, koronavirus tufayli fuqarolarga moliyaviy yordam aynan agentlik orqali tarqatiladi. Shu bois telefonlar tinmaydi. Ikki-uch soatlik urinishlardan so‘ng Uilyams, nihoyat, agentlik xodimi bilan bog‘lanishga muvaffaq bo‘ldi. Mutaxassis masalaga oydinlik kiritishga va’da berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kanada soliq agentligi bu xabarni pensiya jamg‘armasidan olgan. Pensiya jamg‘armasiga esa sentyabrda dafn agentligidan qo‘ng‘iroq qilishib, Uilyams vafot etganligini xabar berishgan. Shundan so‘ng nafaqa berish to‘xtatilgan.

Taxminlarga ko‘ra, pensionerni boshqa bir adashi bilan almashtirib qo‘yishgan. Uilyams pensiya olmayotganini darrov payqamagan. Chunki bir necha oydan beri bankdagi hisobini hatto tekshirib ham ko‘rmagan.

Uilyams vaziyatga kulib qo‘ya qolgan. Lekin bu xatni ta’sirchan va keksaroq boshqa ayol olganida insult bo‘lib qolishi mumkin edi, degan u tashvishlanib.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring