Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ozodbek Nazarbekov va fidoyi san’atkorlar Sardobaga ko‘mak uchun yetib bordi

Ozodbek Nazarbekov va fidoyi san’atkorlar Sardobaga ko‘mak uchun yetib bordi

Foto: Behzod Abdujabborov / Madaniyat vazirligi

Bugun O‘zbekiston xalq artisti O.Nazarbekov va bir qator fidoyi san’atkorlar bir maydonda jam bo‘lib, Sirdaryo viloyatiga «Saxovat va ko‘mak» shiori ostida karvon tashkil etdi.

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov barcha madaniyat ahlidan yig‘ilgan xayriya mablag‘lari suv toshqinidan talofat ko‘rgan oila xonadonlarini qayta butlash uchun sarflanishini ta’kidlab o‘tgan.

Xabar qilinishicha, ushbu xayriya karvoni Ozodbek Nazarbekovning shaxsiy tashabbusi bilan tashkil etildi. Shuningdek, joriy yilning 5 may kuni Madaniyat vazirligi va uning tizim tashkilotlaridan tashkil etilgan «Saxovat va ko‘mak» karvoni Sardoba tumaniga yo‘l olishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring