Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbektelekom»da profilaktika. Bu «UzCard» terminallari ishiga ham ta’sir qiladi

«O‘zbektelekom»da profilaktika. Bu «UzCard» terminallari ishiga ham ta’sir qiladi

Foto: «uzcard.uz»

«UzCard» kompaniyasi avgust oyi oxirigacha terminallar ishida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, 19-avgustdan 30-avgustga qadar POS va E-POS terminallari protsessing markazi bilan vaqtinchalik ulana olmasligi mumkin.

Bunga «O‘zbektelekom» kompaniyasida profilaktika ishlari olib borilishi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Qayd etish lozimki, «O‘zbektelekom» AKning «Uzonline» internet xizmatlarida uzilishlar kuzatilmoqda. Kompaniya xabariga ko‘ra, bu holat 30-avgustga qadar davom etishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring