Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi xorij klublariga o‘tdi

O‘zbekistonlik ikki nafar futbolchi xorij klublariga o‘tdi

Bekobodning «Metallurg» klubi to‘purari Shahzod Ubaydullayev hamda Toshkentning «Paxtakor» jamoasi yarim himoyachisi Dostonbek Hamdamov faoliyatini xorijda davom ettiradigan bo‘lishdi.

Dostonbek Hamdamov Birlashgan Arab Amirligining «An-Nasr» klubi bilan shartnoma imzolagan bo‘lsa, Shahzod Ubaydullayev Belarus chempioni «Shaxtyor» klubi safiga borib qo‘shildi.

Ma’lumot uchun:

  • Dubayning «An-Nasr» klubi BAA Pro ligasi 12-turidan keyin 24 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 
  • «Shaxtyor» klubi esa bu yil mamlakat chempioni sifatida Chempionlar ligasi saralash bosqichida ishtirok etadi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring