Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Sport ishlari vazirligi tashkil etildi. Shoakram Isroilov unga rahbar etib tayinlandi

O‘zbekistonda Sport ishlari vazirligi tashkil etildi. Shoakram Isroilov unga rahbar etib tayinlandi

O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi o‘rnida Sport ishlari vazirligi tashkil etildi. Bu haqda «Xabar.uz» manbasi ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘mita raisi Rustam Qurbonov bu lavozimdan ozod etilgan. U 2017-yilning fevralidan buyon qo‘mitani boshqarib kelayotgan edi.

Rustam Qurbonov.
Foto: Xalqaro press-klub

Yangi tashkil etilgan vazirlikka O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutining sobiq rektori, O‘FA sobiq vitse-prezidenti Shoakram Isroilov rahbar etib tayinlangan. Milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Oybek Qosimov vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritadi.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring