Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Diqqat! Muddati o‘tgan tamaki mahsulotlaridan ehtiyot bo‘ling

Diqqat! Muddati o‘tgan tamaki mahsulotlaridan ehtiyot bo‘ling

Poytaxt bozorlarida turli sigaretlar qatorida,  «Davidoff» nomli ta’maki vositasi ham sotilmoqda.

Umumiy standart talablariga ko‘ra, tamaki vositalari uchun saqlash muddati ikki yil qilib belgilangan. Ammo tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki,  «Davidoff» sigaretlari ishlab chiqarilganiga bir-ikki yil emas, 6 yil bo‘lgani, ya’ni ushbu mahsulot 2013-yilda ishlab chiqarilgani aniqlandi.

«Hech kimga sir emas tamaki vositalari inson sog‘lig‘i uchun zararli hisoblanadi. Bu haqida sigaret qutilarida ham ogohlantiruvchi yozuvlar mavjud. Endi bir tasavvur qilib ko‘ring, yaroqlilik muddati o‘tganiga 4 yil bo‘lgan sigaretlar hamyurtlarimiz sog‘lig‘iga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Labarotoriya tekshiruvi xulosalari ushbu sigrayetlar inson salomatligi uchun oddiy tamaki vositalaridan 10 barobar zararliroq ekanligini ko‘rsatdi.

Hurmatli iste’molchilar chekish sog‘liq uchun zarar. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va «O‘zstandart» agentligi ogohlantiradi» deyiladi ushbu tashkilotlarning qo‘shma bayonotida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring