Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi agentligi tashkil etildi

O‘zbekistonda fuqaro aviatsiyasi agentligi tashkil etildi

Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilingani haqida xabar bergandik.

Unga ko‘ra, Transport vazirligida bir qator yangi tashkilotlar tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi etib qayta nomlandi.

Shuningdek:

  • O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi etib qayta tashkil etgan holda;
  • O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, uni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta nomlagan holda;
  • O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining O‘zbekiston kemachilik registri;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zaeronavigatsiya» markazi;
  • ilovaga muvofiq ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari, boshqa tashkilotlar, faoliyatini moliyalashtirishning amaldagi tartibi saqlanib qolingan holda, Vazirlik ixtiyoriga o‘tkazildi.

Toshkent shahar Transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish departamenti tugatildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring