Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi

O‘zbekistonda yer qimirlashi kuzatildi

Bugun, 9-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 11:39 da (09.07.2020-yil, Grinvich bo‘yicha 06:39 da) Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqida FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila koordinatalari: 39,96 gradus shimoliy kenglik; 69,31 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,7. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentridan Toshkentgacha masofa 145 km janubiy yo‘nalish bo‘yicha.

Zilzila O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent: 145 km, 3 ball.
  • Namangan: 231 km, 2 ball.
  • Andijon: 273 km, 2 ball.
  • Farg‘ona: 215 km, 2 ball.
  • Guliston: 74 km, 4 ball.
  • Jizzax: 126 km, 3 ball.
  • Samarqand: 204 km, 2 ball.
  • Termiz: 352 km, 2 ball.
  • Qarshi: 326 km, 2 ball.
  • Navoiy: 335 km, 2 ball.

O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi.

Talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring