Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda 3 yilda 8 yarim ming kishi fuqarolik oldi

O‘zbekistonda 3 yilda 8 yarim ming kishi fuqarolik oldi

Foto: «Xabar.uz»

Ichki ishlar vazirligining matbuot xizmatidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yil dekabr oyidan buyon O‘zbekistonda yashayotgan yurtdoshlarimizdan 8 ming 348 nafari O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi, deb xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish borasida qabul qilinayotgan Prezident farmonlari soni yildan yilga oshib bormoqda. Misol uchun, 2016-yilda boshlangan ushbu xayrli tadbir uchun bitta Prezident farmoni qabul qilingan bo‘lsa, 2017-yilda 10, 2018-yilda 15, joriy yilning o‘tgan davrida esa 21 farmon ijrosi ta’minlandi. Ayni vaqtda ularning hammasi fuqarolik pasportiga ega. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring