Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekiston harbiy uchuvchilariga yangi imtiyoz belgilandi

O‘zbekiston harbiy uchuvchilariga yangi imtiyoz belgilandi

Foto: Mudofaa vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-maydagi qaroriga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi har yili O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining o‘nta eng ilg‘or aviatsiya mutaxassisiga Toshkent shahridan uy-joy ajratish to‘g‘risidagi taqdimnomani ko‘rib chiqadi.

Hujjatda belgilanganidek, sharafli kasbning fidoyilari bo‘lgan harbiy uchuvchilarga uy joylar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan beriladi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining ta’kidlashicha, mazkur imtiyoz havo sarhadlarimiz qalqonlarining Vatanga sadoqatini, jangovar salohiyatini, professional tayyorgarligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring