Oyoq panjalaridan ayrilgan tovuqning juda ko‘p poyabzali bor
Eskondido (Kaliforniya AQSh)da yashovchi Mish Davinonning juda ko‘p turli xil uy hayvonlari bor. Bir muncha vaqt oldin uning xonadoniga serama zotli tovuqlar keltirildi. Ular orasida Nubz ismli tovuq teri osti kanalari tufayli oyoq panjalaridan ayrildi.
Boshqa tovuqlar Nubzni o‘z jamoasiga qabul qilishmadi, lekin tez orada bu muammo ortda qoldi. Nubz ular bilan chiqishib ketgan bo‘lsada, boshqa qiyinchilikka duch keldi – uning yurishi qiyin edi.
Bir kuni ayol tovuqqa kichkina itining oyoq kiyimni kiygizib ko‘rdi. Tovuqning yurishi tabiiy yoki chaqqonroq bo‘lmasa-da, u har qanday holatda ham tezroq va ishonchliroq harakatlana boshladi. Unga kiydirilgan oyoq kiyimlar panjalardagi terining shikastlanishiga yo‘l qo‘ymadi. Shunday qilib, endi Nubz ijtimoiy tarmoqlarda etikli tovuq sifatida mashhur bo‘ldi.
Aytgancha, juda ko‘p odamlar Mish bilan bog‘lanib, parranda etiklari yoki shippaklarini sovg‘a qilish mumkinligini so‘rashadi. Ayol bunday sovg‘alarni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Ayni paytda tovuq juda katta poyabzal to‘plamining egasi – uning ixtiyorida bir necha o‘nlab juft turli poyabzallar bor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter