Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osmono‘par bino lifti 95-qavatdan tushib ketdi

Osmono‘par bino lifti 95-qavatdan tushib ketdi

Foto: «Chicago Tribune»

Ichida oltida odam, jumladan, homilador ayol bo‘lgan lift osmono‘par binoning 95-qavatidan pastga qulagan — «CBS Chicago» xabariga ko‘ra, hodisa Chikagoning Henkok markazida ro‘y bergan.

Ma’lum qilinishicha, ishlab turgan liftning troslaridan biri uzilib ketgan, so‘ngra lift kabinasi ulkan tezlikda pastga sho‘ng‘igan va 11-qavatga kelib to‘xtab qolgan.

Avvaliga o‘ldik, deb o‘yladim. Kabina pastga shitob bilan ketayotgandi. Keyin men taraq-turuq va qasir-qusur ovozini eshitdim, — deydi bir o‘limdan qolgan sayyoh Hayme Montemayor.

Qutqaruv xizmati kelguniga qadar yo‘lovchilar qaysi qavatga kelib qolishganini o‘zlari ham bilishmagan. Qutqarish ishlari uch soat davom etdi. Jabrlanganlar yo‘q.

Ma’lumot uchun: Chikagodagi Henkok markazi 100 qavatli to‘rt burchakli inshoot bo‘lib, antennasigacha balandligi 457 metr, tomigacha balandligi 344 metr. 2015-yili balandligi bo‘yicha AQSh da 7-o‘rinda, jahonda 37-o‘rinda turgan.

Mashhur «Poltergeyst» kinofilmining 3-qismi shu binoda suratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring