Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oltin malina»: «Joker» eng yomon film deb topilishi mumkin

«Oltin malina»: «Joker» eng yomon film deb topilishi mumkin

Kino sohasidagi «Oltin malina» antimukofoti nomzodlari e’lon qilindi.

Eng yomon film nomiga 2019-yilda eng ko‘p shov-shuv va muhokamalarga sabab bo‘lgan «Joker» filmi ham da’vogarlik qilmoqda. Ushbu film «Oltin malina» nomzodlari ro‘yxatiga o‘ta shafqatsizligi sabab kiritilgan.

Eng yomon aktyor nominatsiyasiga Silvester Stallone («Rembo» filmi), Jeyms Franko («Zerovil» filmi), Mettyu Makkonaxi («Sireniti vazifasi» filmi) va Jon Travoltalar («Muxlis» filmi) nomzodlik qilmoqda.

Eng yomon aktrisa nomi esa Xillari Daf («SheronTeyt arvohlari»), Enn Xeteuyey («Uddaburon firibgar qizlar» va «Sireniti vazifasi»), Francheska Xeyuord («Mushuklar»), va Rebel Uilsonlardan («Firibgar qizlar») biriga nasib etishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring