Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Saaalll, tush eshagingdan». Oliy Majlis deputati yana e’tibor markazida

«Saaalll, tush eshagingdan». Oliy Majlis deputati yana e’tibor markazida

Foto: Deputatning feysbukdagi sahifasi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati Akmal Umirzoqov yana jamoatchilik e’tibori markazida!

Shu yilning boshida «Toshkent propiskasi ochilsa, poytaxtda jinoyatchilik ko‘payib ketadi» mazmunidagi bayonoti bilan ko‘plarning ensasini (juda yumshoq aytganda, albatta) qotirgan deputat bu safar parlament deputatligiga nomzodini qo‘yish istagini bildirgan qator faollarni tanqid qilgan.

O‘z fikrlarini «Facebook»dagi sahifasi orqali e’lon qilgan  Akmal Umirzaqov ko‘p o‘tmay matnni o‘chib yuboradi. Biroq tarmoqning chaqqon foydalanuvchilari uni  saqlab  qo‘yishga ulgurdi. Deputatning axloq me’yorlaridan ancha chetga chiqib aytgan fikrlari kimlarga qaratilganini ilg‘ash qiyin emas.  Shunga qaramay biz uni chop etishni lozim topdik. Zero, ayni matn bugungi ayrim deputatning ma’naviy qiyofasiga chizgi berishi barobarida yaqinlashayotgan saylovlarda qanday nomzodlarga ovoz bermaslik xususida ham xulosa qilishga yetguday.

Demak, so‘z salkam besh yildan buyon Oliy Majlisning «tuprog‘ini yalab» yurgan deputat Akmal Umirzoqovga (tahrirsiz berilayotgan matnning imlo va stilistikasi saqlab qolindi):

«...Deputatlikka nomzod qo‘ysam o‘taman, deb fikrlaydigan keti toza blogeru birovni haqini yeyishdan uyalmaydigan pechkachi va o‘ziga o‘zi «smartgov konsultant» deydiganlar ko‘payib ketti» — deb boshlaydi deputat.

U o‘zgalar qadrini mensimaydigan ohangdagi fikrlarini davom ettirib: «Qiziq nomzodlarning turlari… Hamma xilidan bor ey… Hattoki, bir «aqlli» buxorolik nimeymish, deputatlik dasturini yozgandim, deydi. Ahad Qayummi lahad luqummi bu blogger, farqi yo‘q bu masxarabozlarga… Deputat manifest yozadimi hech bir dunyoda. Yana umidim so‘nib boryapti, men g‘alaba qilolmaymanmish. O‘zingcha, 13000 podpischik (shundan yarmi soxta ekkaunt, yarmi allaqachon deleted, bo‘lgan) dunyoni har bir burchagidan yig‘ilib, senga muxlis bo‘lgani ketingni ko‘tardimi deyman. Saylanish uchun kamida bilasanmi qancha saylovchi bo‘lish kerak bir okrugda havasmand nomzod?! O‘tgan saylovda o‘rtacha 165000 edi. Fikr qil, bu raqam sening kanalingdagi obunachiladan kamida o‘n ikki martta ko‘p va kamida shularning yarmi seni yoqlashi kerak. Saaalll, tush eshagingdan. Ehhhh, saylov nima bilmaysanda. Otang onangga emas, o‘ynashiga, onang ideali uchunmas, dadang yomon ko‘rgan qo‘shniga ovoz beradi. Amakivachchang, xolavachchang nega u endi nomzod bo‘libdi, mani bolamni nimasi kam undan, deydi hasad aralash. Saylov uchastkasi joylashgan maktablarda esa, «kelajak bunyodkorlari» besh yilda bir hosil yig‘adi. Anaq qisa uka, man siz tomonga hammani og‘dirib berardim, deydi og‘zidan vino hidi anqib uchastka kommissiyasi raisi bo‘lgan o‘zini lokatsiyasini unutgan geografiya o‘qituvchisi. U bu gapni har beshala nomzodga aytib, saylov o‘tguncha gayguy qilib yashaydi. U rais o‘zicha quv, o‘zicha shustriy bo‘ladi. Saylov o‘tguncha kunora otib qolib, maza qilib yashaydi «demokratiya» sahnasida. Saylov ko‘rmagan kimlardir esa o‘zicha deputat bo‘lsam dunyoni teskari aylantiraman, degancha o‘y-xayol suraveradi. Aytgancha, deputatlik bu mansab, martaba, rutba emas. Hozirdan, nomzodimni o‘tkazishmayapti, deb jar solmang o‘zicha» publikaga» o‘ynaydiganlar. Alloh nazar qilmasa, sen o‘zingni «smartgov» bo‘yicha mutaxassis deysanmi, yoki boshqa eshshshaaak bozorga ham dallol bo‘maysan. Parlament sirkka aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi bu zaki xalq. Yo‘l qo‘ymasin ham ilohim»,  —  deb yozadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring