Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Odnoklassniki»da o‘zini ayol sifatida tanishtirgan erkak ushlandi

«Odnoklassniki»da o‘zini ayol sifatida tanishtirgan erkak ushlandi

«Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmog‘i orqali «Shoxista Toxirova» nomli profil egasi go‘yoki o‘zini Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi «Shoxista» ismli qiz sifatida tanishtirib, tovlamachilikka qo‘l urdi.

2020-yil 9-iyul kuni 26 yoshli M.E unga rasmlarini yuborganidan so‘ng, 5.000.000 so‘m pullarni bank orqali u aytgan plastik karta hisobiga tashlab bermasa, internet tarmog‘ida sharmanda qilishini aytib qo‘rqitadi.

Samarqand viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, «Odnoklassniki»dagi «Shoxista Toxirova» nomli profil egasi aslida Samarqand tumanida yashovchi 44 yoshli F.X. ekanligi aniqlanib, M.E.dan talab qilingan puldan ma’lum bir qismini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring