Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odessadagi sudda milliy gvardiyachi o‘zini otib qo‘ydi

Odessadagi sudda milliy gvardiyachi o‘zini otib qo‘ydi

Foto: «Trassa Ye-95»

Bugun, 29-iyul kuni ertalab Odessaning Kiyev tuman sudida favqulodda vaziyat yuz berdi, deb xabar bermoqda mahalliy Dumskaya nashri.

«Ukraina milliy gvardiyasining 34-alohida soqchilar bataloni harbiy xizmatchisi, ternapollik askar o‘qotar quroldan og‘ir jarohat oldi. U Odessadagi shifoxonaga joylashtirilgan», — deyiladi xabarda.

Politsiya ma’lumot berishicha, askar ehtiyotsizlik oqibatida quroldan jarohat olgan. O‘q uning boshiga tekkani aytilmoqda.

P.S. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, o‘q bexosdan otilib ketmagan, askar o‘z joniga qasd qilish niyatida bo‘lgan. Dumskaya nashrining huquqni himoya qilish organlaridagi manbasi xabariga ko‘ra, askar o‘limoldi xati yozib qoldirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring