Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Obid Asomov va Karen Avanesyan Toshkentda konsert beradi

Obid Asomov va Karen Avanesyan Toshkentda konsert beradi

Foto: «Turon 24»

«Turkiston» san’at saroyida 24-25-oktyabr kunlari «Arman va o‘zbek» deb nomlangan yumor-shou bo‘lib o‘tadi. Bu haqda «Turon 24» xabar berdi.

«Fortuna media grupp» MChJ ma’lumotiga ko‘ra, yumor-shou tomoshasida «Qiyshiq ko‘zgu» («Krivoye zerkalo») ko‘rsatuvi ishtirokchilari – Obid Asomov, Karen Avanesyan, shuningdek, parodiyalar ustasi Luiza Oripova tomoshabinlarga kulgi ulashadi.

Tomosha oldidan jurnalistlar bilan «O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida kulgi va yumor janrining rivojlanishi» mavzusida matbuot anjumani ham o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring