Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nurotada quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Nurotada quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasi quriladi

Prezidentning «Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qayd etilishicha, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi o‘rtasida 2021-yil 2 aprelda Loyiha kompaniyasining majburiyatlarini nazarda tutuvchi investitsiya bitimi imzolangan.

Investitsiya bitimiga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:

- investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish hamda ekspluatatsiya qilishi;

- yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni o‘z zimmalariga olgan holda, jami dastlabki baholash bo‘yicha 179 mln AQSh dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishi belgilangan.

Shuningdek, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ Elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitim shartlariga muvofiq 25 yil davomida elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish majburiyatini olgan va elektr energiyasi uchun to‘lovni milliy valyutada amalga oshirishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring