Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nomingizda uy-joy bor-yo‘qligi haqida ma’lumotnoma olishning oson tartibi (video)

Nomingizda uy-joy bor-yo‘qligi haqida ma’lumotnoma olishning oson tartibi (video)

Foto: Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi

Ayrim hujjat bilan bog‘liq davlat xizmatlarida fuqarolardan nomida uy-joy bor-yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma so‘raladi.

Endilikda bu xizmatni ham my.gov.uz portalidan topish mumkin. Shuningdek, o‘zingizni qiziqtirgan mulk bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarga ham ega bo‘lasiz.

Tegishli ma’lumotni esa ikki xil usulda ko‘rib chiqish imkoni bor:

  • Dastlab Yagona portaldagi shaxsiy kabinetingiz orqali «Mening profilim» bo‘limiga o‘tasiz va u yerdan «ko‘chmas mulk» bandiga kirib, «Yangilash» qismini tanlaysiz.
  • Ekranda uy manzili va kadastr raqami haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ladi. Agar sizda ko‘proq ma’lumot olish istagi tug‘ilsa, videoqo‘llanmada ko‘rsatilgan belgini bosing.
  • Navbatdagi usulda esa qidiruv satriga «Shaxsiy uy-joy bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma» yozuvini kiritib, xizmatdan foydalanishni davom ettiring.

1-qadamda shaxsiy ma’lumotlaringiz avtomat tarzda chiqib keladi. Sizdan faqat hududlar kesimini tanlash, ma’lumotnoma so‘rayotgan tashkilotni belgilash hamda taqdim etishdan maqsadingizni ko‘rsatish talab etiladi.

Keyingi qadamda ijtimoiy imkoniyatga egalik so‘rovnomasidan o‘tish lozim.

Eslatma! Imtiyozga ega shaxslarga 50% chegirma imkoniyati beriladi.

Oxirgi qadamda kerakli tilni tanlab, tasdiqlash uchun elektron raqamli imzoingizni kiriting va yuborish tugmasi bosing.  Ekranda «Amallar xronologiyasi» paydo bo‘ladi.

Mazkur xronologiyada «Invoys raqami» qayd etilgan. Siz u orqali kerakli to‘lovni amalga oshirishingiz lozim.

Murojaat 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Yuborilgan javob xatini esa «Mening arizalarim» bo‘limidan topasiz.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga o‘ting: https://my.gov.uz/uz/service/115

Taqdim etilayotgan quyidagi videoqo‘llanma qadamlardan oson o‘tib olishingizda yaqindan yordam beradi:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring