Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada otishma. Qurbonlar bor (video)

Moskvada otishma. Qurbonlar bor (video)

Foto: © Artem Protsyuk/TASS

Moskva markazidagi Lubyanka tumanida noma’lum kishi otishma sodir qildi. U zararsizlantirildi, deb xabar bermoqda TASS.

Rossiya FSBning jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabariga ko‘ra, noma’lum shaxs Katta Lubyanka ko‘chasidagi 12-uy oldida o‘q uzgan. Jabrlanganlar bor. Jinoyatchi zararsizlantirilgan, uning shaxsi aniqlanmoqda.

Katta Lubyanka hududida transport harakati to‘sib qo‘yilgan. Merganning nima maqsadda bu ishga qo‘l urgani aniqmas.

Qayd etilishicha, otishmada FSBning bir xodimi halok bo‘lgan, yana besh kishi turli darajadagi jarohatlar olgan.

 
 
 
 
 
Bu gönderiyi Instagram’da gör
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Che to proisxodit #strelba #kuznetskiymost

Vladimir Adyasov (@fishy_god)’in paylaştığı bir gönderi ()

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring