Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Neft va gaz zaxiralarini qazib olish uchun investitsiya kerak — Prezident

Neft va gaz zaxiralarini qazib olish uchun investitsiya kerak — Prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Namangan viloyatida bo‘lib turibdi. Davlat rahbari tadbirkorlar bilan uchrashuv vaqtida neft va gaz konlari haqida gapirib o‘tdi.

«O‘zbekiston zaminida gaz ham, neft ham bor, ammo ancha pastda joylashgan. Biz shu vaqtgacha 3 000 metr pastlikdagi gazni olib kelganmiz, endi yana ham chuqurga — 11 000 metrgacha tushishimiz kerak. Buning uchun esa zamonaviy yangi texnologiyalar va xorijiy investitsiya kerak. Xorijdan investorlar faqat bozor tamoyillari asosida ish olib borilganda keladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari kuni kecha vodiy klasterlari vakillari bilan uchrashuv vaqtida energetik taqchillikni kamaytirish uchun klasterlar quyosh energiyasidan foydalanishni tatbiq etishni boshlaganini misol qilib keltirgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring