Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda uyda qulflanib qolgan ikki nafar bola chiqarib olindi

Navoiyda uyda qulflanib qolgan ikki nafar bola chiqarib olindi

Joriy yilning 29 dekabr kuni soat 11:48 da Navoiy viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga Navoiy shahri Me’morlar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Rizayev B. murojaat qildi. U xonadonida 2 nafar yosh farzandi qulflanib qolganini aytib amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaatga asosan soat 11:54da voqea joyiga mas’ul navbatchi katta leytenant J.Sharopov rahbarligida qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib bordi. Ular maxsus asboblar yordamida ichkaridan qulflanib qolgan xonadon eshigini ochib, uy ichida qolib ketgan 2017 yilda tug‘ilgan Fayzbek va 2019 yilda tug‘ilgan E’zozani chiqarib, ota-onasiga sog‘-salomat topshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring