Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namangandagi suv inshootini qurish tenderida 23 ta xorijiy kompaniya qatnashadi

Namangandagi suv inshootini qurish tenderida 23 ta xorijiy kompaniya qatnashadi

Foto: «O‘zsuvta’minot»

Prezident qaroriga ko‘ra Namangan shahar oqova suv inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va ekspluatatsiya qilish rejalashtirilgan. Bu haqda «O‘zsuvta’minot» AJ matbuot xizmati xabar qildi.

Bugungi kunda mazkur loyiha «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyati, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Osiyo taraqqiyot banki bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda Namangan shahar oqova suv inshootini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha xalqaro ochiq tender e’lon qilingan edi. Ushbu tenderda qatnashish uchun jami 23 ta xorijiy kompaniya ariza bergan.

Xususan, Turkiyadan 8 ta, Janubiy Koreyadan 4 ta, Fransiya va Buyuk Britaniyadan 2 tadan, AQSh, Misr, Birlashgan Arab Amirliklari, Rossiya, Niderlandiya, Ispaniya va Yaponiyadan 1 tadan xorijiy kompaniyalar xalqaro ochiq tenderda qatnashish istagini bildirgan.

Namangan shahar oqova suv inshootining tizimlari 1960 yilda qurilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu oqova suv tozalash inshootlarining 70 foizi ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmagani natijasida ishdan chiqib, tozalanmagan oqova suv Sirdaryo daryosiga oqizilmoqda.

Osiyo taraqqiyot bankining yollangan xorijiy ekspertlari tomonidan 2019 yil sentyabr oyidan bugungi kunga qadar o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida hozirgi vaqtda mazkur ob’yekt juda og‘ir ahvolda va foydalanishga yaroqsiz ekani, oqova suv ifloslantiruvchi moddalardan deyarli tozalanmayotgani, mavjud tizimni tiklab bo‘lmasligi va uning o‘rniga yangi inshoot qurish talab etilayotgani to‘g‘risidagi xulosasi olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring