Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradasidagi muammo muhokama qilindi

Namanganda O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradasidagi muammo muhokama qilindi

Kecha, 11-aprel kuni Namangan shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Uchrashuv doirasida 2017-yil 5-sentabrdagi O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaga kiritilmagan uchastkalar bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining o‘tish chizig‘ini tavsiflash bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

Uchrashuv ahil qo‘shnichilik va o‘zaro tushunish ruhida o‘tdi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra bayonnoma imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring