Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda halokatli YTH sodir bo‘ldi

Namanganda halokatli YTH sodir bo‘ldi

Bugun, 10 sentyabr kuni soat 04:30 larda, Namangan viloyati, Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 250-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Haydovchi, 1979 yilda tug‘ilgan J.A. «Isuzu» rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotgan vaqtda transport vositasining tormozi ishlamay qolgan va o‘zidan oldinda bo‘lgan haydovchi, 1978 yilda tug‘ilgan Q.U. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli yuk avtomobilining orqa tomoniga urilgan va qarama-qarshi oqimni ajratib turuvchi to‘siqqa urilib ag‘darilgan.

Natijada, haydovchi J.A. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Pop tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring