Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bosqinchilar «Arsenal» futbolchisini tunamoqchi bo‘lishdi, biroq...

Bosqinchilar «Arsenal» futbolchisini tunamoqchi bo‘lishdi, biroq...

Foto: 4gabi4/facebook.com

Londonning «Arsenal» klubi braziliyalik himoyachisi Gabriel o‘z uyi garajida hujumga duchor bo‘ldi. Daily Mail xabar berishicha, hujumchilar sportchidan mashina kaliti, soat va mobil telefonini talab qilishgan. Biroq futbolchi ularga qarshilik ko‘rsata olgan.

Qayd etilishicha, futbolchi do‘sti bilan tungi klubdan qaytib kelgan. Bosqinchilar garajga kirishgan va ulardan biri Gabrielga beysbol tayoqchasi bilan tahdid qila boshlagan. Biroq sportchi qarshilik ko‘rsatib, bosqinchilarni haydab yuborishga muvaffaq bo‘lgan.

Shunga qaramay, sud hujum va Gabrielning professional faoliyati o‘rtasida bog‘liqlikni aniqlamadi: odamlarni shunchaki mashina jalb qilgan degan xulosaga kelindi.

Gabriel dos Santos Magalyayns Braziliyaning «Avay», Fransiyaning «Lill» va «Trua», Xorvatiyaning Zagreb «Dinamo»sidagi o‘yinlari bilan tanilgan.

U 2020-yilda «Arsenal»ga o‘tgan. Jamoa tarkibida 42 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring