Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalqaro Bobur mukofotiga kimlar loyiq ko‘rildi?

Xalqaro Bobur mukofotiga kimlar loyiq ko‘rildi?

Kecha Andijonda shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tgani xabari berilgandi. Tadbirlar jarayonida Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tashabbusi va homiyligida buyuk ajdodimiz madaniy merosini o‘rganishga bag‘ishlagan ilmiy-amaliy anjuman ham o‘tkazilganidan ham boxabarsiz. Anjuman nihoyasida jamoat fondi tomonidan ta’sis etilgan xalqaro Bobur mukofotining bu yilgi sohiblari e’lon qilindi.

Tanlov hay’ati qaroriga ko‘ra, Bobur Mirzo zamoni tib ilmini bugungi kun tibbiyoti nazariyasi va amaliyoti asosida tahlil qilishga qaratilgan «Tabobat qomusi» kitobi uchun kimyo fanlari doktori, professor Ibrohimjon Asqarov, Bobur adabiy merosini targ‘ib qilish hamda buyuk Navoiy asarlarini dari tiliga tarjima qilishdagi xizmatlari uchun afg‘onistonlik boburshunos Abdulla Ruin, Temuriylar va Boburiylarga oid nasriy asarlari, shuningdek, «Shamollarga uchgan nidolar» («Xonzodabegim») tarixiy romani uchun o‘zbek adibasi Omina Tojiboyeva Bobur nomidagi xalqaro mukofotga munosib ko‘rildi.

Mukofot sohiblari tegishli diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alaridan tashqari 1000 AQSh dollari miqdorida moddiy rag‘batlantirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring