Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirjalol Qosimov «AGMK» murabbiyligidan iste’foga chiqmoqchi

Mirjalol Qosimov «AGMK» murabbiyligidan iste’foga chiqmoqchi

Foto: «Uff.uz»

«Paxtakor» – «AGMK» (4:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar ustozi Mirjalol Qosimov quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

«Nechanchi o‘yindirki, birinchi bo‘limni u qadar muvaffaqiyatli o‘tkaza olmayapmiz. Uydagi bir qator o‘yinlarda, safarda ham birinchi bo‘limda umuman o‘yinimiz qovushmadi. Qolaversa, ko‘plab o‘yinlarning dastlabki 15 daqiqasida o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yuboryapmiz. Buni statistika ham ko‘rsatib turibdi.

Bugun «Paxtakor» jamoasi haqli tarzda g‘alaba qozondi. Nimagadir o‘yinimiz barqaror ko‘rinish olmayapti. Rahbariyatdan iste’fo so‘rayman», – dedi mutaxassis.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring