Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Milliy bank Marg‘ilon filialidagi holat bo‘yicha munosabat bildirdi

Milliy bank Marg‘ilon filialidagi holat bo‘yicha munosabat bildirdi

Foto: Uzreport


Milliy bank matbuot xizmati «uza.uz» saytida 2019 yil 11 iyunda chop etilgan «Milliy bankning Marg‘ilon shahar filialida mijozlarning kredit qarzdorligi omonatchilarning mablag‘lari hisobidan qoplab kelayotganligi fosh etildi» maqolasi yuzasidan munosabat bildirdi.

O‘zbekiston Milliy banki mijozlari hisob raqamlaridagi mablag‘larning but saqlanishi yuzasidan bankning ichki tarkibiy tuzilmasi xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijasida maqolada ko‘rsatib o‘tilgan holat va kamchiliklar aniqlangan.

Tekshiruvda aniqlangan holatlar yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muxofaza qiluvchi organlarga jinoyat ishi ochish uchun topshirilgan va jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining 2019 yil 21 maydagi hukmiga asosan aybdor shaxslarga nisbatan jazo choralari ko‘rilgan.

Sud jarayoni yakuni bilan yetkazilgan moddiy zararlar to‘liq qoplab berilgan va omonatchilar manfaatlariga tahdid solinmagan. Shu kabi holatlar kelgusida qayta takrorlanmasligini ta’minlash maqsadida O‘zmilliybank tomonidan bir qator tizimli ishlar tashkil etilmoqda. Jumladan, bank tomonidan omonat daftarchalarini yuritish bo‘yicha nazorat yanada kuchaytirildi hamda bankda kunlik amaliyotlarni nazorat qiluvchi so‘nggi nazorat xizmati tashkil etildi, bir necha bosqichli nazorat tartibi joriy qilindi.

Bank o‘z mijozlari mablag‘larining but saqlanishi borasida barcha tadbirlarni bajarib borib, ularning bankka bo‘lgan ishonchining doimiy oshib borishini ta’minlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring