Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliarder koinotga uchish uchun biznesidan voz kechdi

Milliarder koinotga uchish uchun biznesidan voz kechdi

Foto: «News 2 World»

Yaponiyalik milliarder Yusaku Maedzava «Zozo» kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar onlayn-reteyleri aksiyalari nazorat ulushini sotishga rozi bo‘ldi. Xaridor ham tayyor, bu – «Yahoo Japan», kelishuv qiymati 3,7 milliard dollarga baholanmoqda, deya xabar berdi «Lenta».

Maedzava «Zozo»ning 30,4 foizini sotdi. Shu paytgacha unga 36,8 foizi tegishli edi. Bundan tashqari, kelishuvga ko‘ra, u kompaniya bosh direktori lavozimini tark etishi kerak.

«Forbes» Maedzavaning mol-mulkini 2,2 milliard dollarga baholagan. U dunyoga mashhur san’at asarlari kolleksioneri sanaladi. Masalan, 2017-yili u 110,5 million dollarga Jan-Mishel Baskiya rasmini sotib olgan: bu amerikalik musavvirlar uchun rekord narxda sotilgan asar bo‘ldi. 2018-yilning sentyabrida yaponiyalik milliarder Oy orbitasiga safar qilgan birinchi koinot sayyohiga aylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring