Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Microsoft»ning planshetlari qizib ketyapti, foydalanuvchilar muammoni muzlatgich ko‘magida hal qilmoqda

«Microsoft»ning planshetlari qizib ketyapti, foydalanuvchilar muammoni muzlatgich ko‘magida hal qilmoqda

Planshetning qizib ketishini muslatgich bilan hal qilishmoqda.

Foto: «NV.ua»

«Microsoft» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Surface Pro 4» planshetining yuzlab egalari gadjetning ekrani miltillashni boshlaganini ma’lum qildi. Taxminlarga ko‘ra, bu qurilmaviy muammo bo‘lib, uni bartaraf etish uchun odamlar o‘z planshetlarini muzlatgichga joylashtirmoqda, deb xabar berdi «NV.ua».

«Microsoft» ning qo‘llab-quvvatlash forumida ko‘plab foydalanuvchilar hali kafolat muddati tugamagan planshetlarda muammolar yuzaga kelayotganini yozib qoldirgan. Mazkur tushunmovchilikka bag‘ishlangan «Flickargate» sayti ham tashkil etildi, unda shu turdagi muammoga duch kelgan 1600 nafar foydalanuvchi bor.

Foydalanuvchilarning fikricha, qurilma ta’minotidagi ushbu muammo undan foydalanish vaqtida isib ketganligi oqibatida yuzaga kelmoqda.

Ayrim foydalanuvchilar miltillashni biroz vaqtga bo‘lsa-da to‘xtatish uchun o‘z planshetlarini muzlatgichga ham solib qo‘ymoqda.

«Men planshetimni muzlatgichga 10 daqiqa solib qo‘ysam, undan yarim soat yaxshi foydalanyapman», — deb yozadi xaridorlardan biri.

«The Verge» nashri jurnalistlari ta’kidlashicha, miltillash borasidagi muammo «Surface Pro 4»ning barcha qurilmalarining1 foiziga tegishli.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring