Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB xodimi 600 dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

MIB xodimi 600 dollar pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Foto: Bosh prokuratura

Farid Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi majburiy ijro byurosi Samarqand tumani bo‘limida energiya resurslari va suvdan foydalanish tartibini nazorat qilish sho‘basi inspektori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

U Samarqand tumani Yuqori qaynama mahallasidagi Ibragimovlarga qarzdorligi borligini aytadi va dalolatnoma tuzishini aytib qo‘rqitadi. Qarzdorlik 15-16 million so‘m ekani aytiladi. Buncha pulni to‘lashga qurbi yetmagan fuqaro tegishli tashkilotlarga borib, surishtiradi. Natijada qarzdorlik yo‘qligi aniqlanadi.

Undiruvchi va to‘lovchi yana uchrashadi. Ibragimov bu pulni to‘lay olmasligini bildirgach, Farid Abdullayev 600 AQSh dollari evaziga barcha qarzdorlik va dalolatnomalarni yo‘q qilib berishini aytadi. Aks-holda qarzdorlik MIBga o‘tkazilishi bilan tahdid qiladi. Abdullayev hatto 500 dollarga ham ko‘nmaydi. Uning aytishicha, «o‘zining harajatlari» ham bor ekan.

Yakunda esa u huquq-tartibot xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Abdullayev sudda o‘z aybini tan oldi. Sud uni uch yil ozodlikdan mahrum etdi. Shu bilan birgalikda bir yil MIB tizimida ishlash huquqidan ham mahrum etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring