Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIB izoh berdi: «Bunday ijro hujjati Byuroga kelib tushmagan...»

MIB izoh berdi: «Bunday ijro hujjati Byuroga kelib tushmagan...»

Foto:«Xabar.uz»

Ikki kun avval saytimizda «Boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i «teppa»midi?» sarlavhali maqola chop etilib, unda Andijon viloyati Izboskan tumanidagi 11-maktab sobiq direktori Sh. Rustamovaning boshiga tushgan ko‘rguliklar bayon qilingan edi. Shuningdek, maqolada Sh. Rustamovaga nisbatan qo‘llanilgan protsessual majburlov chorasi sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa-da, uning ishga tiklanish masalasi tuman XTB mudirasi (endilikda sobiq) sabab cho‘zilib ketganiga urg‘ulanib, bu jarayonda Majburiy ijro byurosi xodimlari quvvati sezilmayotgani ham qistirib o‘tilgandi.

Maqola yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati tezkor munosabat bildirdi. MIB matbuot xizmati vakilining bildirishcha, Byuroning Izboskan tuman bo‘limida Sh. Rustamova ishga tiklanishi yuzasidan ijro hujjati yo‘q, bu haqda sud hujjati kelib tushmagan.

MIBning izohidan so‘ng «Xabar.uz» qo‘shimcha surishtiruv o‘tkazdi. Aniqlandiki, sud hukmiga ko‘ra Sh.Rustamova dastlabki tergovda e’lon qilgan Jinoyat kodeksining ikkita moddasi bilan oqlangani rost, bitta modda bilan aybdor deb topilgan. O‘sha ayblov yuzasidan esa yuqori bosqich sudiga murojaat etish huquqi tushuntirilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring